ARAL MARATHON

Biz kelajak uchun javobgarmiz!
We are responsible for the Future!
Мы в ответе за будущее!
2019 yil 17-22 oktabr

Toshkent-Mo’ynoq

#RUNFORARAL

ARAL MARATHON

O‘zbekistonda birinchi marotaba

Nukus shahrida 25-oktabr kuni, O‘zbekiston Respublikasi hukumati ishtirokida o‘tkaziladigan yuqori maqomdagi Orol konferensiyasi oldidan, 2019-yilning 17-23-oktabr kunlari O‘zbekistonda ilk bor, "Biz kelajak uchun javobgarmiz" shiori ostida "ARAL MARATHON" nomli xalqaro ekologik marafoni o‘tkaziladi. Marafon O‘zbekistonning oltita shahrida o‘tadi: Toshkent, Samarqand, Buxoro, Urganch, Nukus va Mo‘ynoq.

Marafonning asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning "Orolbuyi mintaqasini ekologik innovasiyalar va texnologiyalar hududi" deb e'lon qilish tashabbusiga, global axatmiyatga ega bo‘lgan Orol dengizi muammosiga, keng jamoatchilik e'tiborini qaratishdir.

Biz kelajak uchun javobgarmiz!

Suv resurslarini tejash, suvni tejovchi texnologiyalarni joriy etish, yashil iqtisodiyotni yaratish ekologiyani saqlash bo‘yicha kurashning eng samarali uslublaridan sanaladi. Xozirgi davrda suvning qadri kundan kunga ortmoqda. Shuning uchun ham, marafon ishtirokchilari butun respublika bo‘ylab suv solingan ramziy idishni qo‘lma-qo‘l olib o‘tadilar.

#RUNFORARAL

Qo‘shiling!

Marafon dasturiga: har bir etapdagi 5 kilometrli yugurishlar, barcha hudud hokimliklari tomonidan uyushtirilgan konsert dasturlari, "Biz kelajak uchun javobgarmiz" (#RANFORARAL) yangi ekologik shiorni targ‘ib qilishga qaratilgan o‘quv muassalardagi miting va uchrashuvlar kiradi. Mo‘ynoq shahrida, ilgari dengiz bo‘lgan joyda 22-oktabrda o‘tkaziladigan marafon finali xalqimiz va dunyo hamjamiyati uchun umumiy burilish davri bo‘lib qoladi.

Tashkilotchilar

Tashkiliy yordam

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston Ekologik partiyasi, Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, O‘zbekiston Milliy telaradiokompaniyasi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, O‘zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Yengil atletika federatsiyasi, O‘zbekiston Aeronavtika federatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi hukumati ko‘magida birlashib, orolbuyi muammolariga jamoatchilik e’tiborini qaratish uchun platforma yaratdilar. Bundan tashqari mazkur proyekt, sog‘lom turmush tarzi motivatsiyasi va targ‘ibotini, yoshlarni ijtimoiy faol bo‘lishga undashni o‘z ichiga oladi.
Orol marafonini an’anaviyga aylantirish rejalashtirilmoqda, bu esa dunyo xamjamiyatining xududimizdagi ekologik muammolariga bo‘lgan qiziqishini ortiradi.